Joriy yilda 1 008 ta tibbiyot ob’ektida quyosh panellari o‘rnatiladi
SSV axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 107 ta tibbiyot muassasasiga 124 kVt. quvvatga ega quyosh panellari, 4 400 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatilgan.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilgan mablag‘lar doirasida jami 425 ta (shundan 375 tasi mahalla tibbiyot punktlari hamda 50 tasi oilaviy shifokorlik punktlari hamda oilaviy poliklinikalar uchun mo‘ljallangan) 2 352 kVt. quvvatga ega quyosh panellari xarid qilindi va ular joriy yilning birinchi choragida o‘rnatib, ishga tushiriladi.
Bundan tashqari, vazirlikning ma’muriy binosiga 100 kVt. quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
2023 yilda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda yana 1 008 ta ob’ektda 4 427 kVt. quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatishi rejalashtirilgan.
O‘zA