Tegishli tartibga ko‘ra, mamlakatimizda alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan rejalar belgilab berilgan. Jumladan, umumta’lim maktablarida alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish tartiblari mavjud.
Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab inklyuziv ta’lim tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish va ko‘lamini kengaytirish maqsadida inklyuziv ta’lim joriy etilgan umumta’lim maktablari soni 195 taga yetkazildi. Mazkur maktablarda tashkil etilgan inklyuziv ta’limga 504 nafar imkoniyati cheklangan bola qamrab olindi.
bugungi kunda mazkur inklyuziv sinflardagi o‘quvchilarga 248 nafar pedagog biriktirilgan.
Tegishli qonunchilikka asosan, 2021-2022 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida 31 ta umumta’lim maktabida 46 ta inklyuziv sinf, jumladan 4 ta korreksion sinflar tashkil etilgan edi. Mazkur inklyuziv sinflarda — 82 nafar, korreksion sinflarga 33 nafar bola jalb etilgan edi.
O‘zA