Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy oʻquv yilida 13 ta yangi oliy taʼlim muassasasi tashkil qilindi
11:02 / 2018-10-18

Mamlakatimizda oliy taʼlim tizimiga respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim boʻgʻini sifatida eʼtibor qaratilib, sohada jamiyat taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga mos ravishda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.


Mamlakatimizda oliy taʼlim tizimiga respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim boʻgʻini sifatida eʼtibor qaratilib, sohada jamiyat taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga mos ravishda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Bu haqda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida boʻlib oʻtayotgan “Oʻzbekiston –– Rossiya taʼlim forumi”da taʼkidlandi. 

Jamiyatimizda oliy taʼlimga boʻlgan talabdan kelib chiqqan holda, taʼlim olish shakllari kengaytirilmoqda. Bugungi kunda kunduzgi, kechki, sirtqi, maxsus sirtqi, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim kabi taʼlim shakllarida oliy taʼlim olish imkoniyati mavjud. Qabul kvotalari jamiyatdagi mavjud ehtiyoj va rivojlanish surʼatiga qarab oshirib borilmoqda. Oxirgi uch yilda bu koʻrsatkich ikki barobar koʻpaygan.

Joriy 2018-2019 oʻquv yilida tashkil etilgan 13 ta yangi oliy taʼlim muassasasining uchtasi nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari filiallaridir. Quvonarlisi, ushbu saʼy-harakatlar Rossiyalik soha xodimlarining eʼtirofiga sazovor boʻlmoqda. 

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz: iqtisodiyotning real sektorlarida mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib 66 zamonaviy taʼlim yoʻnalishi va 48 magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlanmoqda. Yangi oʻquv yilidan 15 oliy taʼlim muassasasida yetakchi xorijiy OTMlari bilan hamkorlikda qoʻshma diplom dasturi asosida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Ularda faoliyat koʻrsatadigan 500 dan ortiq professor-oʻqituvchi xorijiy taʼlim markazlarida stajirovka oʻtab kelishdi. 

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 8 ta filial, 22 ta qoʻshma fakultet, 46 ta ikki tomonlama qoʻshma dasturlarni joriy qilish boʻyicha muzokaralar olib borildi. 1000 dan ortiq xorijiy mutaxassisni respublika oliy taʼlim muassasalarida pedagogik va ilmiy faoliyatga jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.