Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo‘rabek Rahimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi
13:23 / 2023-03-31

Urganch shahrida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. 

 Prezident Xorazm viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Rahimov Jo‘rabek Rahimovich nomzodini tavsiya etdi. Nomzod viloyatda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sanoatni rivojlantirish, energetika quvvatlarini oshirish, ijtimoiy masalalarni hal etish, mahallada yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi. 

So‘ng Xorazm viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Jo‘rabek Rahimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi. 

O‘zA