French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo‘rabek Mirzamahmudov: "Yurtimizda start olayotgan loyiha yashil energiya hisobidan vodorod ishlab chiqarish imkonini beradi"
12:46 / 2023-11-28

O‘zbekistonda “yashil” energetikani rivojlantirishda yirik sarmoyador va strategik hamkor, Saudiyaning yetakchi – “ACWA Power” kompaniyasi bilan birgalikda qiymati 7,5 milliard dollarlik loyihalar ustida ish olib borilmoqda.

Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “ACWA Power” kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar – Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni boshlash marosimida ishtirok etdi.  

Tadbirda qatnashgan O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ikki yirik loyiha xususida fikr bildirdi. U jurnalistlarga bergan intervyusida Sirdaryodagi qiymati 1,1 milliard dollar bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi 3 milliondan ziyod xonadon va yuzlab sanoat korxonalarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashini  qayd etdi.  

– Prezidentimiz Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining faoliyati hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish ishlari boshlanayotganini olqishlaydi, – dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov. – Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga, davlat kafolatisiz amalga oshirilgan, hozirgi kunda yurtimizdagi eng yirik generatsiya sohasidagi loyihalardir.  

Loyihani amalga oshirish muddati eng og‘ir paytlarga to‘g‘ri keldi. Ya’ni koronavirus pandemiyasi, kiritilgan cheklovlar, shuningdek, anomal sovuq, umuman, logistikadagi murakkabliklar davrida ish olib borilgan.  Ish jarayonidagi qiyinchiliklarga qaramay, muddatdan avval qurilish yakunlanib, birinchi turbina bugun generatsiya qilishni boshladi.  

Hozir 500 megavatt quvvat tarmoqqa uzatilyapti. Yil yakunigacha ikkinchi turbina ishga tushadi va bu ko‘rsatkich ming megavattga yetkaziladi. Bug‘ turbinasi kelgusi yili birinchi chorakda to‘liq ishga tushirilgandan keyin 1500 megavatt quvvat bilan ishlaydi.  

Hozirgi kunda Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyasi – “ACWA Power” bilan amalga oshirilayotgan loyihalar quyosh, shamol elektrostansiyalar qurishga bo‘lgan imkoniyatni oshirayotganini alohida qayd etish kerak.Bundan tashqari, bugun davlatimiz rahbari boshchiligida mehmonlar bilan birgalikda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish loyihasiga tamal toshi qo‘yildi. Hozirgi kunda juda ko‘p davlatlar bu yo‘nalishda g‘oyalar, fikrlar, tashabbuslar bildirgan, ammo amaliy ish hozircha faqat ikki davlatda olib borilyapti.  

Biri Saudiya Arabistonida bo‘lsa, ikkinchisi, O‘zbekistonda boshlandi.Mazkur loyihaning mamlakatimizda start olayotgani, eng avvalo, yashil energiya hisobidan vodorod ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Ushbu vodoroddan ammiak olinadi. Hozirgi kunda “yashil energetika”, “yashil vodorod” hisobidan olingan o‘g‘itlarning dunyo bozoridagi narxi oddiy o‘g‘itlarga qaraganda kamida 15-20 foiz qimmat. Bu yangi eksport bozorlarida qo‘shimcha qiymat va tabiiy gazni ham tejash imkoniyati, degani.  

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/m2PtbVi8ftg" title="Jo‘rabek Mirzamahmudov: &quot;Yurtimizda  yashil energiya hisobidan vodorod ishlab chiqarish imkonini beradi&quot;" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘zA muxbiri  

Behruz Xudoyberdiyev yozib oldi.