Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdagi sessiyasi
16:33 / 2022-06-02

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, sektorlar va tegishli soha rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Aholiga ko‘rsatilayotgan tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmatining sifatini yaxshilashga qaratilgan choralar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati T.Romanovning axboroti tinglandi. 

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Orolbo‘yi aholisiga 156 ta tez tibbiy yordam brigadasi xizmat ko‘rsatmoqda. So‘nggi besh yilda tez tibbiy yordam ko‘rsatish brigadalari soni 92 dan 156 taga, tez yordam brigadalariga zarur bo‘lgan dori vositalari turi 20 nomdan 41 taga ko‘paygan. Shuningdek, tez yordam xizmati uchun jami 109 dona maxsus avtotransport olinib, shifokorlar uchun ajratilgan shtat-birligi shu davrda 393 tadan 856 shtat birligiga yetkazildi.

Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonuni (yangi tahrirda) loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.  

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 noyabrdagi “2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari N.Yerlepesovning hisoboti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, 2020-2023 yillarda 2788 ta loyiha va ob’ektda 21 trillion 209 milliard so‘mlik ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan o‘tgan yilda 22 ta umumta’lim maktabida 81 milliard so‘mlik, 13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida 47,3 milliard so‘mlik, 1 ta sog‘liqni saqlash ob’ektida 48,8 milliard so‘mlik qurilish ishlari olib borilib, foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, Prezident qarori bilan joriy yilda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olingan bo‘lib, hududiy investitsiya loyihalari va sanoat klasterlarini tashkil etish bo‘yicha hajmi 4,1 trillion so‘mlik 193 ta loyihani amalga oshirish hamda 4898 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Shuningdek, sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Moliya vazirligi va Davlat soliq boshqarmasining joriy yil birinchi choragida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobotlari, aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining axboroti tinglandi.

Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi o‘rinbosarini tayinlash haqidagi masala ko‘rib chiqildi. Deputatlar Abdimurat Karimbayevni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamolov ishtirok etdi.

[gallery-7408]

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA