Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo‘qorg‘i Kengesi raisi faol yoshlar bilan uchrashdi
12:33 / 2026-01-15

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev shahar va tumanlar mahallalaridagi ko‘cha sardorlari bo‘lgan faol yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda  dastlab so‘nggi yillarda Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida mehri va e’tibori bilan qabul qilingan farmon hamda qarorlar, shuningdek, shu asosda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, hayotimizda keng tatbiq etilayotgan islohotlar adohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, amaliy chora-tadbirlar aniq tasdig‘i bilan ko‘rsatilib, bugungi kunda davom ettirilayotgan ishlar, shuningdek, kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritildi.

Alohida ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbarining 2017 yildan beri birgina Qoraqalpog‘iston uchun 78 ta farmon va qarori qabul qilingan bo‘lib, shundan hozirgi vaqtda 38 hujjatning ijrosi davom etmoqda. Eng asosiysi, ushbu tarixiy hujjatlar asosida aholi hayotida ilgari bo‘lmagan o‘zgarish va yangilanishlar yuz bermoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijasi har bir xonadonga kirib bormoqda.

O‘z navbatida qoraqalpog‘istonlik yoshlar ham alohida mehr va e’tibor uchun Prezidentimizga o‘zlarining  otashin minnatdorchiliklarini yetkazish uchun Jo‘qorg‘i Kenges raisiga taklif bildirishdi. Shuningdek, tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan har bir masala e’tiborga olinib, ijrosi yuzasidan vazifalar belgilandi.

Uchrashuv yakunida jamoat ishlarida faol ishtirok etib, mahallalarda ko‘pchilikka namuna bo‘layotgan bir qator yoshlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri