Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo‘qorg‘i Kengesda qabul
20:30 / 2022-03-23

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov Rossiya davlat Tretyakov galereyasi bosh direktori Zelfira Tregulovani qabul qildi.

Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi mehmonni Orolbӯyiga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida madaniyat va san’at sohasidagi sheriklikni mustahkamlash borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan  loyihalarga to‘xtaldi.

O‘z navbatida Tretyakov galereyasi bosh direktori Zelfira Tregulova samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z bayrami bilan qutladi.

Qabulda I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi kolleksiyalarini o‘rganish va ularni xalqaro ko‘rgazmalarga olib chiqish borasida fikr almashildi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri