Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo‘qorg‘i Kenges raisiga o‘rinbosar saylandi
16:07 / 2025-09-10

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati a’zolari, shahar va tuman hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiyani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinbayev boshqarib bordi.

Kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala, ya’ni “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisining o‘rinbosari to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi. Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari R.Saparbayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari lavozimiga 47-sonli "Sanoat" saylov okrugidan deputat Nurazizov Radjapbay Kupalbekovichning nomzodi taklif etildi.

Deputatlar taklif etilgan nomzod masalasini ko‘rib chiqishdi va qo‘llab-quvvatlashdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi 70-moddasining 4-bandiga muvofiq, Nurazizov Radjapbay Kupalbekovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish lozimki,  R. Nurazizov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi T. Xudaybergenov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri