Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo‘qorg‘i Kenges raisi talaba-yoshlar bilan uchrashdi
11:09 / 2026-01-20

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev oliy o‘quv yurtlaridagi faol talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

Unda Jo‘qorg‘i Kenges raisi dastlab so‘nggi yillarda Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida mehri va e’tibori bilan alohida qabul qilingan farmon va qarorlar, shuningdek, shu asosda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, hayotimizga keng tatbiq etilayotgan islohotlarga to‘xtaldi. Shuningdek, uchrashuvda amaliy chora-tadbirlar aniq tasdig‘i bilan ko‘rsatilib, bugungi kunda davom ettirilayotgan ishlar, shuningdek, kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritildi.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, yaqin qisqa vaqt ichida Qoraqalpog‘istonda chin ma’noda tarixiy voqealar yuz berdi. Faqat Qoraqalpog‘iston aholisi va tadbirkorlari, jamiyatning barcha qatlamlari uchun ilgari bo‘lmagan imtiyozlar hamda keng imkoniyatlar yaratildi.

Shundan so‘ng, yoshlar bilan yaqindan fikr almashilib, ular tomonidan ko‘tarilgan har bir masalaning ijrosi belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida jamoat ishlarida faol ishtirok etib, ko‘pchilikka namuna bo‘layotgan bir qator yoshlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri