Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo‘qorg‘i Kenges raisi tadbirkorlar bilan uchrashdi
16:46 / 2025-09-06

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayevning To‘rtko‘l, Beruniy, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Bo‘zatov va Qonliko‘l tumanlaridagi tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda mazkur tumanlar hokimlari, mutasaddi vazirlik hamda idora rahbarlari ishtirok etishdi.

Ta’kidlanganidek, tadbirkorlar bugungi kunda iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shish bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratishda ham muhim hisoblanadi. Ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda esa bevosita yaqindan muloqot orqali muammolariga yechim topish bugungi kun talabi hisoblanadi.

Uchrashuvda yangi loyihalarni ishga tushirishda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, investitsiya loyihalarini ishga tushirish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ayrim soha mutasaddilarining o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarashi va boshqa sabablarga bog‘liq duch kelayotgan muammolar bo‘yicha yaqindan fikr almashildi.

Tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi va ular tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topish choralari ko‘rildi. Vaqt talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, tez fursatda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri