Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo‘qorg‘i Kenges raisi ijodkorlar bilan uchrashdi
15:23 / 2025-12-20

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayevning ommaviy axborot vositalari vakillari, yozuvchi, shoir va adabiyotshunoslar, ijtimoiy tarmoq faollari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda Orolbo‘yida so‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar qayd etildi. Shuningdek, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida Qoraqalpog‘iston tarixi sahifalaridan o‘ziga xos o‘rin olgan muhim yangiliklar, bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ezgu ishlar, kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.

[gallery-26830]

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining birgina Qoraqalpog‘iston uchun 2017 yildan buyon 78 ta farmon va qarori qabul qilingan bo‘lsa, hozirgi vaqtda 38 tasining ijrosi davom etmoqda. Qabul qilingan hujjatlar asosida, aholiga, shu jumladan yoshlarimizga bir qator qulay sharoitlar yaratilgani, tadbirkorlarga ilgari bo‘lmagan ko‘plab imtiyoz va imkoniyatlar berilayotgani, fuqarolarning og‘iri yengil, uzog‘i yaqin bo‘lgani, ularni qiynayotgan muammolarga ijobiy yechim topilgani davlatimiz rahbarining xalqimizga bo‘lgan alohida e’tibori va mehri ifodasidir.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, uchrashuvda barcha ezgu ishlar, hayotiy islohotlar, muhim tashabbuslar aniq misollar bilan ko‘rsatib berildi. Shundan so‘ng, ishtirokchilarning taklif va fikrlari tinglanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv davomida bugungi kunda yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh ijodkorlar munosib rag‘batlantirildi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari