Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo‘qorg‘i Kenges raisi futbolchilar bilan uchrashdi
11:41 / 2025-12-16

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev “Aral” futbol jamoasi a’zolari bilan uchrashdi.

Unda Jo‘qorg‘i Kenges raisi Prezidentimiz rahbarligida sportni, shu jumladan futbolni rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtalib o‘tdi va muhim o‘yin oldidan jamoa a’zolariga omad tiladi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Pro-ligada o‘ynayotgan “Aral” futbol jamoasi oldida muhim o‘yin kutmoqda. Ya’ni, 16 dekabr kuni Superligada o‘ynash yo‘llanmasi uchun Buxoro viloyatining “Buxoro” jamoasi bilan o‘yin o‘tkaziladi. Albatta, ushbu o‘yinda futbol muxlislari o‘z jamoasidan yuqori natijalar kutib qoladi.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, “Aral” futbol jamoasi mazkur o‘yinda g‘alaba qozonsa, 24 yillik tanaffusdan so‘ng uzoq kutilgan Superligada o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri