Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jonzotlar zarur ozuqaga muhtoj bo‘lmaydi
17:56 / 2026-01-28

Shu kunlarda Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i hududlarida biotexnik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Asosiy maqsad hududdagi yovvoyi hayvonlarni qish sovug‘idan betalafot olib chiqishdir.

Xususan, Sargardon bo‘limi Xudoydod va Xazanak hududlarida qishning qorli kunlari yovvoyi hayvon va qushlarni qo‘shimcha oziqlantirish ishlari amalga oshirildi. Tadbirda milliy bog‘ning ko‘plab inspektorlari ishtirok etdi. Jarayonda jami 125 kilogramm tuz, 180 kilogramm arpa, 160 kilogramm kepak va 40 dona quruq pichan mahsulotlari hududdagi katta xarsang toshlar orasi va tag qismidagi quruq joylarga, daraxtlarning atroflariga joylandi. Bu joylarda qorning qalinligi 40-50 santimetr, yuqori tomonlarda 60 santimetrdan ortiqni tashkil etadi. 

Bunday havoda ayrim jonivorlar ozuqa topishi qiyin. Shu tufayli mutaxassislar tomonidan qilinayotgan chora-tadbirlar o‘z samarasini berishi tabiiy. Shuningdek, biotexnik tadbirlar Pskom-Ixnoch yo‘nalishining Qoraqiyasoy, Onaulgansoy va Urungochsoy hududlarida ham davom ettirildi. Unda zarur mahsulotlar belgilangan joylarga qo‘yildi. 

Ma’lumot uchun, ayrim o‘simliklarda hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadigan oz miqdorda tuz mavjud. Biroq qish faslida o‘simliklar va tuproqda yetarli miqdorda tuz bo‘lmagani sababli hayvonlar kerakli miqdordagi ozuqalarni olmaydi. Bu sa’y-harakatlar esa kelgusida hayvonot olamini son jihatdan ortishi va yashab qolishiga xizmat qiladi. 

A.Musayev, O‘zA