Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jonson: Britaniya Bosh vaziri lavozimiga nomzodimni qo‘ymayman
08:52 / 2022-10-24

Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Boris Jonson Liz Trass iste’foga chiqqanidan so‘ng hukmron konservativ partiya yetakchisi va hukumat rahbari lavozimlariga nomzodini qo‘ymasligini aytdi.

“Men konservativ partiyani 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida g‘alaba qozonishi uchun yaxshi imkoniyatga ega, deb o‘ylayman”, dedi Jonson e’lon qilgan bayonotida.  

“Mening 28 oktyabr kuni Dauning-stritga (hukumat binosi) qaytishim mumkin. Ammo so‘nggi bir necha kun ichida men, afsuski, bu shunchaki to‘g‘ri bo‘lmaydi, degan xulosaga keldim”.

“102 konservativ deputatning meni qo‘llab-quvvatlashlari roziligini oldim”.

Shu bilan birga, milliy manfaatlar yo‘lida birgalikda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi bo‘lib, Bosh vazir lavozimiga boshqa nomzodlar bilan gaplashdim, biroq ular bilan umumiy fikrga kela olmadi, dedi sobiq rahbar.  

“Ana shunday vaziyatda men nomzodimni hukumat raisi lavozimiga qo‘yishni istamayman”, dedi Jonson.

O‘zA