Shaxzoda ZOKIROVA o‘qituvchi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqola jonli efirda tayyorlanmagan nutq unsurlarining o‘rni va ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Televideniye diskursida oldindan ssenariylashtirilgan nutq va jonli efirdagi improvizatsion nutq bir-birini to‘ldiruvchi kommunikativ hodisalardir. Tadqiqot davomida tayyorlanmagan nutqning lingvopragmatik va ritorik xususiyatlari o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tayyorlanmagan nutq unsurlari auditoriya bilan samimiylikni kuchaytiradi, voqeani real va jonli qabul qilish imkonini beradi, shuningdek, jurnalistga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Shu bilan birga, bu jarayonlarda nutqiy xatolar va noaniqliklar ham kuzatilishi mumkinligi ta’kidlangan.
Tayanch so‘zlar: jonli efir, tayyorlanmagan nutq, televideniye diskursi, improvizatsiya, ritorik ta’sir, jurnalistika, lingvopragmatika.