Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jonivorlar qirilib ketishi xavfi kuchaymoqda
19:05 / 2022-07-14

Insoniyat o‘tmishda dinozavrlar qirilib ketgani bilan bog‘liq ma’lumotlardan xabardor. Shunga qaramay, qadim voqealar biz uchun afsonadek tuyulaveradi, borliq mavjudot yoppasiga qirilib ketganiga hech ishongimiz kelmaydi. Binobarin, bularning bari haqiqat ekanini qadimshunoslar ilmiy ishlari bilan isbotlab kelishadi.

Yana bir haqiqat shuki, qadimgi davr mavjudotlarining qirilib ketishida iqlim o‘zgarishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Faqat hozirgi voqelikdan farqli o‘laroq, o‘sha vaqtdagi fojeaga tabiiy ofat tufayli vujudga kelgan iqlim o‘zgarishi sabab bo‘lgan. Hozir esa inson aralashuvi oqibatida yuzaga kelgan atrof-muhit inqirozi jonivorlar umriga qiron keltirmoqda. Masalan, olimlar sayyoramiz atmosferasida is gazi ko‘payishi hayotiy davomiylikni murakkab ahvolga solib qo‘yishini ta’kidlamoqda. Is gazi nafaqat o‘simlik, hayvonot dunyosiga, balki okean suviga ham, ayniqsa, dengiz jonivorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Suv ostida hayot kechirishga mahkum jonivorlarning qirilishi jarayoni, hatto, dinozavrlar davri bilan solishtiradigan darajada kechmoqda, deydi Nyu-Jersi olimlari tadqiqot xulosasida.

Белая Медведица с медвежонком - 62 фотоYaqinda “Daily Mail” e’lon qilgan maqolada yozilishicha, olimlar kelajakda barcha okeanlarda hayot kechirayotgan jonivorlarning turli iqlim rivojlanishida qirilib ketishi xavfini o‘rgangan. Natijada atmosferada is gazi ko‘payishiga qarab, tropik suvlikda biologik xilma-xillik yo‘qolishi ortib borishi aniqlandi. Shu bilan birga, ayni sharoitda, ayniqsa, qutbdagi jonivorlar hayoti qil ustida ekaniga ishora qilinmoqda.

Suv harorati va kislorod miqdori inson aralashuvi tufayli iqlim isishiga qarab o‘zgarishga duchor bo‘ladigan ikki muhim omil hisoblanadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, is gazi chiqishini kamaytirish dengiz  jonivorlari  yo‘qolib ketish xavfini 70 foiz qisqartirishi mumkin ekan.

Avvalroq “Climate Central” notijorat huquq himoyachilari guruhi global iqlim isishi va muzlik erishi tufayli dunyo okeani sathi ko‘tarilishi shaharlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishga harakat qilgandi. O‘shanda, agar, insoniyat iqlim bilan bog‘liq muaamolarni hal qilmasa, yaqin yuz yillikda shaharlar bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealarni taxmin qildi.

Kelajakda yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan dengiz jonivorlaridan biri 1958 yilda ilk bor tilga olingan  noyob Vakita dengiz cho‘chqasi ekan.

"Vakita" so‘zi ispancha “kichkina sigir” degani. U dengiz cho‘chqalari orasida eng kichigi.

Yana bir jonivor - shimoliy oq karkidon erkagi nobud bo‘lgandan keyin yo‘qolib ketgan jonivorlar ro‘yxatiga kiritildi. Demak, ushbu tur saqlab qolinishi faqat sun’iy qochirish texnologiyasiga bog‘liq.

Yer yuzida eng so‘nggisi hisoblangan 45 yoshli urg‘ochi karkidon uzoq vaqt kasal yotdi va olimlar jonivorni uxlatib qo‘yishdi. Hozir yer yuzida gavdasi, qariyb, filga tenglashadigan mazkur sut emizuvchi turidan faqat ikki nafar urg‘ochisi qolgan.

YUNESKO ro‘yxatidagi Yovvoyi tabiat ob’ektlarining yarmi xavf ostida

Vaziyat juda murakkab, deydi Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi mutaxassisi Kolin Batfild. Uning aytishicha, yer yuzidan g‘oyib bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘lgan jonivorlar ko‘p.

Masalan, sumatra karkidoni, qora karkidon, Uzoq sharq qoploni, Afrika o‘rmon fili, Borneo orangutangi kabi jonivorlar tur sifatida yuz boshga ham yetmaydi.

Qizil kitobga kiritilgan Borneo orangutangi yaqin orada yo‘qolib ketishi ehtimoli kuchli zot hisoblanadi.

Bornean Orangutan | Species | WWFUzoq Sharq qoploni ham yo‘qolib borayotgan noyob hayvon, bu turdagi yirtqich faqat Rossiya sharqida yashaydi.

Tabiatni muhofaza qilish mutaxassislari ta’kidlashicha, ayrim jonivorlar shu tur mavjudligi aniqlangunga qadar yo‘qolib ketishi mumkin.

Дальневосточный леопард | Красная книга вики | FandomMasalan, ko‘k ara to‘tisi yovvoyi tabitda yo‘qolib ketgan, deb hisoblanardi. 2016 yil Braziliyada tutiqushlar oilasining ushbu eng noyob vakili uchradi.

Попугай ara синий (47 фото)Xalqaro tabiatni qo‘riqlash ittifoqi har yili nashr etadigan Qizil kitobda o‘simliklar, sut emizuvchilar, qushlar, amfibiya va dengiz jonivorlarining yo‘qolib borayotgan noyob turlari qayd etiladi. Bu olam vakillari eng kam xavotirga soladiganidan boshlab, yo‘qolish xavfi ostidagi, yo‘qolib borayotgan, yo‘qolib ketish arafasida turgan turlar va yo‘qolib bo‘lgan turlar toifasiga ajratiladi.

Qizil kitobga ko‘ra, hozir 5583 tur yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Shulardan kamida 26 xili 2016 yil kam xavf ostida bo‘lib, 2017 yil yo‘qolib ketish xavfi ostidagi toifaga o‘tkazildi.

Shunday bo‘lsa-da, olimlar ahvol yaxshi tomonga o‘zgarishidan umid uzgani yo‘q. 

- Yoppasiga qirilib ketish xavfi, aynan, insoniyat qancha miqdorda is gazi ajratishiga bog‘liq, - deydi Prinston universiteti Yer sayyorasi haqidagi fan fakulteti olimi Jastin Penn. – Hozircha esa bizda is gazi chiqarish trayektoriyasini o‘zgartirish va global iqlim isishini to‘xtatish uchun vaqt yetarli.

Shunday ekan, atmosfera ifloslanishi, chuchuk suv kamayishi, hosildor yer qisqarishi, o‘rmon qurishi va natijada mavjudotlar qirilib ketishiga, eng avvalo, ongli mavjudot - odam mas’ul ekanini unitmaylik!

Saidmurod RAHIMOV, O‘zA sharhlovchisi