Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jondorda ijtimoiy ob’ektlar ishga tushdi
17:50 / 2024-06-24

Buxoro viloyati Jondor tumani Chorzona mahallasida 50 o‘ringa mo‘ljallangan oilaviy bolalar bog‘chasi o‘z faoliyatini boshladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Nafisa To‘layeva “Feruzabonu” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini qisqa muddatda barpo etib, ishga tushirdi. Muassasaning ochilish marosimida tuman mutasaddilari, mehnat faxriylari, ota-onalar ishtirok etib, mahalla faollari va jajji bolajonlarni samimiy muborakbod etdi.

Ramziy alvon lenta qirqilgach, mehmonlar maktabgacha ta’lim tashkilotida hozirlangan shart-sharoit bilan yaqindan tanishdi. Tadbir bahonasida bolajonlar ustozlari bilan birgalikda tayyorlagan she’rlari, kuy-qo‘shiq va raqslarini namoyish qildi. Mazkur muassasa bilan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy soni 170 taga yetdi. 

Chorzonadagi oilaviy bolalar bog‘chasi bilan birga “Og‘ar” qishlog‘ida oilaviy shifokorlik punkti binosi ham yangidan ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda tuman mutasaddilari, jamoatchilik vakillari, tibbiyot birlashmasi mas’ullari hozir bo‘ldi. 

“Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Og‘ar-2” oilaviy shifokorlik punkti binosi 10 ta xonadan iborat bo‘lib, laboratoriya, emlash, stomatologiya, akusher-ginekolog, qaydxona, patronaj hamshiralari hamda umumiy amaliyot shifokori xonalaridan tashkil topgan. Bino zarur tibbiy uskunalar bilan birga xalqaro standartlarga to‘la mos keladigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ham jihozlangan. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri