Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo‘natilgan fuqarolar o‘z ish joylarini noqonuniy tashlab ketishining oldini olish yuzasidan Koreya bilan muzokara o‘tkazildi
18:14 / 2021-07-23

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Koreya Respublikasi Kanvondo provinsiyasining Yanggu okrugi administratsiyasi o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Irmatov va tegishli boshqarmalar mas’ul xodimlari, Koreya Respublikasi Kanvondo provinsiyasining Yanggu okrugi administratsiyasi vakillari ishtirok etgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, Janubiy Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar, O‘zbekiston fuqarolarini ushbu mamlakatdagi mavsumiy ishlarga jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

bugungi kunda mavsumiy ishlarga jalb qilingan fuqarolarimizdan ayrimlari o‘z ish joylarini tashlab, qochib ketgan. Ushbu holat yuzasidan Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Agentlik mas’ul xodimlari koreyalik ish beruvchilarga belgilangan muddatda Vatanga qaytmagan fuqarolar 3 tomonlama shartnomada belgilangan tartibda, Koreya Respublikasida noqonuniy bo‘lgan har oyi uchun 2000 AQSH dollari miqdorda jarimaga tortilishi bo‘yicha tushuntirish berdi.