Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Jonajon o‘zbek tilim" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi (+video)
11:15 / 2025-10-17

"21 oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan Yozuvchilar uyushmasida "Jonajon o‘zbek tilim" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi hamda davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun seminar tashkil etildi.

Tadbirda vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari, davlat arboblari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etishdi.

Bu kabi tadbirlarni o‘tkazish o‘zbek tilining mamlakatimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ILkkaX8oBAA" title="&quot;Jonajon o‘zbek tilim&quot; tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, 

Nishonboy Abduvoitov, O‘zA