Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jomboylik 272 nafar xotin-qizga 980 ming so‘mdan mablag‘ ajratildi
16:21 / 2021-08-13

Samarqand viloyatidagi mahallalarda shakllantirilgan “Ayollar daftari”da ro‘yxatga olingan xotin-qizlarga shu paytgacha belgilangan tartibda moddiy yordam ko‘rsatilib, daftardan chiqarildi. Ayni paytda ikkinchi bosqichda ro‘yxatga olingan ayollarga yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, Jomboy tumanida ikkinchi bosqichda 2109 nafar xotin-qizlarning muommolarini hal etish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan.

– “Yo‘l xaritasi”da boquvchisini yo‘qotgan, I va II guruh nogironligi bo‘lgan hamda qaromog‘ida nogiron farzandi bor ayollarga moddiy yordam ajratish belgilangan – deydi Jomboy tumani hokimi maslahatchisi H.O‘sarova. – Shu asosida hozirda 272 nafar opa-singillarimizga 980 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam puli tarqatilmoqda. Buning uchun xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 266 million  560 ming so‘m ajratilgan. Moddiy yordam o‘z egasiga yetib borishi ta’minlash qat’iy nazoratga olindi. Mablag‘lar sektor rahbarlari hamda shtab a’zolari tomonidan tarqatilyapti.

Tuman hokimi boshchiligidagi 1-sektorda xotin-qizlarga ushbu pullarni topshirish tadbirida “Ayollar daftari”ni shakllantirish hamda xotin-qizlar muommolarini hal etish yuzasidan tumanga biriktirilgan viloyat va respublika komissiyasi a’zolari, jamoaatchilik vakillari qatnashdi.

Tuman hokimi Q.Sobirov mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.

Tadbir davomida sektor hududida istiqomat qiluvchi 72 nafar ayollarga moddiy yordam pullari topirildi. Og‘ir xastalikka chalingan fuqarolarning xonadoniga borib, ularning holidan xabar olindi.

 

G‘.HASANOV, O‘zA