Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jomboyda tabiiy gaz uchun 110 million so‘m undirildi
15:17 / 2023-05-02

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Jomboy tumani bo‘limi tomonidan energiya resurslari sohasida qarzdorliklarni undirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Energiya resurslaridan foydalanib, haqini to‘lashga kelganda loqaydlik bilan qarayotgan qarzdorlarga ta’sir choralari ko‘rilib, hisob raqamlariga inkassa qo‘yish yoxud ularga tegishli mol-mulkni xatlash choralari ko‘rilmoqda.

Misol uchun, iqtisodiy ishlar bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining 2013 yil 24 martdagi hal qiluv qaroriga asosan da’vogar “Hududgaz” AJ foydasiga javobgar “Sag agro” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan shartnoma asosida yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun 110 million 606 ming so‘m undirish belgilangan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida “Sag agro” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan ushbu qarzdorlik to‘liq undirildi.

Abdulla Sattorov,

MIB Jomboy tumani bo‘limi davlat ijrochisi