English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jomboyda “PROM PRO EXPO 2022” ko‘rgazmasi ish boshladi
15:01 / 2022-04-14

FOTOREPORTAJ

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi "Sof Expo Samarkand" ko‘rgazma markazida "Samarqand hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi - PROM PRO EXPO 2022" ish boshladi.

Sanoat yarmarkasida Samarqand viloyatidagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan birga respublikamizning yirik sanoat korxonalari, xizmat ko‘rsatuvchilari o‘z mahsulotlari, xizmat turlari bilan ishtirok etmoqda.

- bugungi ko‘rgazmada zamon talablariga mos eshik-romlar, mebel jihozlar bilan ishtirok etyapmiz, - deydi “MEBELIM” korxonasi ish boshqaruvchisi Aziz Eshxo‘jayev. – Mahsulotlarimizga qiziqish ortib bormoqda. Chunki, mahsulotlarimiz yuz foiz tabiiy materiallardan tayyorlangan. Birinchi kunning o‘zida o‘nga yaqin mijozlardan taklif oldik. Ikki kunlik ko‘rgazma davomida bir qancha kelishuvlarga erishishni maqsad qilganmiz. Umuman olganda mahsulotlarimizga ichki bozorda talab yuqori. Shu bois, biz ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida Toyloq tumanida yangi korxonamizni bunyod etyapmiz. Yaqin kunlarda korxona ishga tushadi. Mahsulot turlari ham ortib, qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratiladi.

Sanoat yarmarkasi da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.
Ko‘rgazma ertaga 15 aprel kuni yakunlanadi.

[gallery-6619]


Alisher ISROILOV (surat) O‘zA .