French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jomboyda “Inson” ishga tushdi
14:54 / 2024-01-15

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasining Jomboy tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyat boshladi.

Markaz davlatimiz rahbarining 2023 yil 1 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etildi.  

Markaz binosining ochilish marosimida ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyati, bundan kutilayotgan natija va samaralar haqida so‘z yuritildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda tumanda ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan 81 nafar yakka-yolg‘iz keksa, 4002 nafar nogironligi bo‘lgan  fuqaro istiqomat qiladi. Endilikda bu shaxslarning hayoti, mummolari bilan mahallalarga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar shug‘ullanadi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi orqali davlat tomonidan ajratilayotgan nafaqa va moddiy yordamning ehtiyojmand aholiga yetib borishi ta’minlanadi. Markazda bugungi kunda 21 nafar xodim ishlayapti. Yaqin orada mahallalarda ham ijtimoiy xizmatlar yo‘lga qo‘yilib, ijtimoiy xodimlar ish boshlaydi.  

Tadbir ishtirokchilari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binosida xodimlar va fuqarolar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.

Shu tarzda viloyatdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari soni to‘rtta bo‘ldi. Bundan avval, tajriba sifatida Paxtachi tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tgan yil, Payariq tumanida esa yangi yil arafasida markazlar uchun binolar foydalanishga topshirilgandi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari