Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruh Samarqand viloyatida o‘rganishlar olib bordi.
Unda sog‘liqni saqlash, bandlik hamda bank tizimlarida korrupsiyaviy omillarni aniqlashga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, viloyat korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev va viloyatdagi mas’ul idoralar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohalarni raqamlashtirish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlashga qaratilgan choralar tahlil qilindi.

Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi raisi Shuhrat Negmatov boshchiligida viloyat korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi tarkibi, yangilangan yillik ish rejasi hamda Jomboy tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri