Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Jomboy», «Neftgazmontaj» va «Lochin-O‘zDJTSU» jamoalari Birinchi liganing yangi vakillari
16:18 / 2020-12-28

Poytaxt stadionlarida 2020 yil hududiy futbol assotsiatsiyalari havaskor futbol jamoalari o‘rtasida tashkil etilgan birinchiliklar g‘oliblari o‘rtasida final bosqichi – Birinchi ligaga o‘tish turniri o‘tkazildi.

Dastlab, jamoalar qur’a natijasiga ko‘ra to‘rt guruhga ajratildi.

[gallery-623]

Bular,

«A» guruhi:
«Jomboy» (Samarqand), «Sementchi» (Farg‘ona), «Dashtobod» (Jizzax), «Bunyodkor» (Toshkent)

«V» guruhi:
«Neftchi» (Surxondaryo), «Toshbuloq» (Namangan), «Vobkent» (Buxoro)

«S» guruhi:
«Denov» (Surxondaryo), «Yoshlik» (Xorazm), «Lochin-O‘zDJTSU» (Toshkent)

«D» guruhi:
«Neftgazmontaj» (Toshkent), «O‘z-SeMyung Ko» (Andijon), «Shuhrat» (Navoiy).

Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan vakillar ishtirok etmadi.

Qayd etilgan natijalar:

22 dekabr

«Jomboy» – «Bunyodkor» – 1:2
«Sementchi» – «Dashtobod» – 4:1
«Toshbuloq» – «Vobkent» – 2:1
«Yoshlik» – «Lochin-O‘zDJTSU» – 1:5
«O‘z-SeMyung Ko» – «Shuhrat» – 2:5

23 dekabr

«Bunyodkor» – «Dashtobod» – 5:0
«Jomboy» – «Sementchi» – 3:1
«Neftchi» – «Toshbuloq» – 0:0
«Denov» – «Yoshlik» – 7:2
«Neftgajmontaj» - «O‘z-SeMyung Ko» – 3:1

24 dekabr

«Sementchi» – «Bunyodkor» – 1:2
«Dashtobod» – «Jomboy» – 0:4
«Vobkent» – «Neftchi» – 2:10
«Lochin-O‘zDJTSU» – «Denov» – 2:1
«Shuhrat» – «Neftgazmontaj» – 1:2

Guruhlar g‘oliblari yarim finalga yo‘llanma olishdi:

26 dekabr. Yarim final. 

«Jomboy» – «Lochin-O‘zDJTSU» – 2:2. Penaltilarda «Jomboy»ga omad kulib boqdi.

«Neftchi» – «Neftgazmontaj» – 2:4

27 dekabr. 3-o‘rin uchun.

«Lochin-O‘zDJTSU» – «Neftchi» – 2:1

Final

«Jomboy» – «Neftgazmontaj» – 2:1.

Shu tariqa, Erkaklar va ayollar havaskor va yarim professional futbol klublari uchun futbol bo‘yicha 2020 yilgi musobaqalarni o‘tkazish Reglamentiga binoan. «Jomboy», «Neftgazmontaj» va «Lochin-O‘zDJTSU» jamoalari Birinchi liganing yangi vakillariga aylanishdi.

Oybek YUNUSOV, Muhammad AMIN (surat), O‘zA