English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“JOJO KIDS WEAR”ning sifatli mahsulotlari
12:55 / 2022-08-07

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi “JOJO KIDS WEAR” mas’uliyati cheklangan jamiyatida trikotaj va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. 

Korxonaning to‘qimachilik va tikuvchilik sexlari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Hozirda bu yerda 40 nafarga yaqin xotin-qiz mehnat qilmoqda. Ishchilar yaratilgan sharoitlardan mamnun. 

–Korxonamizda 20 ga yaqin turdagi mahsulot tayyorlanadi, - deydi MCHJ ish boshqaruvchisi Dilorom Xo‘janiyozova. – Asosan, sport kiyimlari, maxsus ish kiyimlari va maktab formalariga buyurtmalar ko‘p. Ayni yangi o‘quv yili arafasida jamoamiz o‘quvchilar uchun maktab formasi tikish bilan band. Shuningdek, shu kunlarda Qozog‘iston Respublikasiga sport kiyimlari (futbolka) eksport qilish harakatidamiz.

[gallery-8194]

Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA