Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"JOBFEST 2022": 50 dan ortiq yirik kompaniya ish o‘rinlarini taklif etdi
19:41 / 2022-05-06

Bugun Toshkent shahridagi Inha universitetida "JobFest 2022" bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkadan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va xorijning eng ilg‘or tashkilotlari, shuningdek, IT yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan barcha oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilari va talabalarini bir joyda to‘plashdan iboratdir.

Shu bilan birga, talabalarga nufuzli kompaniya va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etgan holda, yetuk kadrlarga mos bo‘lgan munosib lavozimlar bilan tanishtirish maqsadlari ilgari surildi.

Ahamiyatlisi, unda poytaxtimizdagi turli oliy o‘quv yurtlaridan 600 nafardan ortiq talaba va O‘zbekistonning 50 dan ortiq yirik kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

"JobFest 2022" bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi doirasida workshoplar bo‘lib o‘tdi. Unda turli xildagi nufuzli kompaniyalar vakillari tomonidan seminarlar o‘tkazilib, taqdimotli chiqishlar namoyish qilindi. Jumladan, “Pavel Lebedev Itransition” kompaniyasining bosh muhandisi "Texnik suhbatdan qanday o‘tish kerak?" mavzuida seminar, Epam kompaniyasidan “Ruslan Salixov Senior Systems Engineer kompaniyasi DevOps va u nima bilan shug‘ullanadi?" mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

O‘zA