Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joʻsh obod qishloq boʻldi
11:30 / 2020-03-01

Bugun – bahorning birinchi kuni. Qoʻshrabot tumanida yangi obyektlar foydalanishga topshirildi.


Bugun – bahorning birinchi kuni. Qoʻshrabot tumanida yangi obyektlar foydalanishga topshirildi.

Dastur asosida oʻnga yaqin mahalla hududi obod qilindi. Shu paytgacha yozda tuproq, qishda loy boʻladigan koʻchalar tosh toʻshalib, asfalt qilindi. Transport vositalari va piyodalar uchun yangi koʻpriklar qurilgan. Yoʻllar chetida piyodalar yoʻlaklari tashkil qilingan, tungi yoritish chiroqlari oʻrnatilgan.

Ehtiyojmand, turar-joyga muhtoj oilalar uchun 70 dan ortiq uy-joy viloyat va tuman mahalliy byudjeti mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan bunyod etildi.

Tadbirlar Qoʻrgʻon qishlogʻidagi mashhur baxshi Ergash Jumanbulbul oʻgʻli uy-muzeyining tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi.

Marosimda davlat va jamoat arboblari, respublikamizning turli hududlaridan kelgan baxshilar, viloyat jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.