Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo Bayden prezidentlikka saylangani Bosniya va gersegovinaliklar uchun ayni muddao bo‘ldi
20:46 / 2020-11-21

AQSHdagi prezident saylovi natijalari bosniyaliklar uchun bayram shukuhini taqdim etmoqda. Ular Jo Baydenning prezidentlikka saylanganidan manfaatdor. Bunga yaqqol misol tariqasida, Sarayevoda Bosniya bayrog‘i va shahar milliy kutubxonasi oldida “Bosniya eslab qoladi” kabi holatlarni ko‘rsatish mumkin.

Baydenning prezidentlikka saylanishi Bosniya va Gersegovina o‘rtasidagi 25 yillik tinchlikni aks ettirgan oyga to‘g‘ri kelishi ulkan ahamiyatga ega.

Tarixga nazar tashlasak, ko‘pchilik uchun uning saylanishi Bosniya va Gersegovinaning 1990 yil boshlaridagi halokatli urushini eslatadi. Bayden, o‘z navbatida, barcha guruhlarga qarshi qo‘yilgan qurol-yarog‘ embargosini bekor qilishning kuchli tarafdori hisoblanadi.

Bundan tashqari, senator sifatida Bosniyadagi musulmon aholining qirilib ketishini to‘xtatish uchun ham AQSHni yordamga chorlagan. AQSH va NATO aralashuvi oxir-oqibat Amerikadagi aviabazada vositachilik qilgan Deyton kelishuviga olib keldi. Ma’lumot uchun, 1995 yil noyabr oyida AQSHda prezident Bill Klinton edi.

Bugun urush va qotilliklarga barham berilgan bo‘lsa-da, uzoq vaqt davomida meros bo‘lib qolishi barchaga ayon.

Dayton shartnomasi nimadan iborat edi ?

1995 yil 21 noyabrda AQSHning Ogayo shtatidagi aviabazada bitim amalga oshirilgan.  Bosniya va Gersegovinadagi tinchlik bo‘yicha kelishilgan shartnoma o‘z natijasini berdi.

Ta’kidlash joiz, Dayton kelishuvi rasmiy ravishda Bosniya urushini to‘xtatdi.

O‘zA