Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo Bayden prezidentlik lavozimdagi faoliyatini koronavirusga qarshi kurashishdan boshlashini ma’lum qildi
09:09 / 2020-12-16

AQSHdagi prezidentlik saylovlarida g‘olib deb tan olingan Jo Bayden mazkur lavozimdagi faoliyatiga oid rejalarini ma’lum qildi.

Demokratning so‘zlariga ko‘ra, eng avvalo, u koronavirusga qarshi kurashni faollashtirib, aholiga vaksina yetkazib berish va iqtisodni tiklash bilan mashg‘ul bo‘ladi.

 “Hozir siyosat haqida emas, avvalo, inson hayotini saqlab qolish haqida o‘ylaydigan payt”, deb ta’kidlanadi Baydenning saytidagi ma’lumotda.

 Avvalroq, siyosatchi bo‘lib o‘tgan saylovlar halol raqobatda o‘tganini e’tirof etib, Oq uyning amaldagi sohibi Donald Trampni saylov natijasiga hurmat bilan qarashga chaqirib, o‘zining 306 hududiy saylovchi ovozini olganini, 2016 yilda Tramp ham shuncha ovoz bilan prezident bo‘lganini eslatgandi.