Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo Bayden o‘zining sobiq maslahatchisini Oq uy apparati rahbari etib tayinlaydi
13:01 / 2020-11-12

Amerika ommaviy axborot vositalari tomonidan AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishi taxmin qilinayotgan Jozef Baydenning sobiq maslahatchisi Ron Klayn Demokratlar ma’muriyatidagi Oq uy shtabining boshlig‘iga aylanadi.

Saylangan Prezident Jo Bayden bugun Ron Klaynni Oq uy apparati rahbari va prezidentning yordamchisi etib tayinlaganini e’lon qildi, bu haqda TASS xabar bermoqda

Klayn avval AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama ma’muriyatida vitse-prezident bo‘lib ishlagan Baydenning maslahatchisi, apparat rahbari bo‘lgan.

«Ron Klayn yillar davomida mening o‘ng qo‘lim bo‘lib kelgan, shu jumladan, biz tarixdagi eng yomon tanazzullardan birida 2009 yilda Amerika iqtisodiyotini qutqarganimiz, keyinroq 2014 yilda ham og‘ir inqiroz bilan kurashganmiz. Uning tajribasi va har qanday siyosiy qarashlarga ega odamlar bilan ishlash qobiliyati inqirozga qarshi kurash va mamlakatni tiklash paytida Oq uy shtabining boshlig‘idan talab qilinadigan narsadir», deya ta’kidladi demokrat.