English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo Bayden: “NATO eshiklari alyansga qo‘shilish istagidagi mamlakatlar uchun ochiq”
14:17 / 2021-05-07

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati NATO eshiklari alyansga qo‘shilish istagidagi mamlakatlar uchun ochiq bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi, dedi Oq uy vakili Karin Jan-Per jurnalistlarga.

U Ukrainaning NATOga kirishi ehtimoliga doir masalani shunday izohladi.  

“Bayden ma’muriyati shunday prinsip tarafdori – alyans eshiklari yangi a’zolar uchun ochiq bo‘lishi lozim, ular, avvalo, majburiyat va vazifalarini tegishli tarzda bajarishadi, albatta. Bu bilan ular xavfsizlik ta’minlanishiga o‘z ulushini qo‘shgan hisoblanadi”, dedi Jan-Per birifingda.