French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo Bayden elektromobillar bo‘yicha bo‘lib o‘tgan uchrashuvga Ilon Maskni taklif etmadi
15:16 / 2021-08-06

Oq uyda elektromobillar bo‘yicha majlis bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Jo Bayden Ford va General Motors kabi yirik avtokompaniyalar rahbarlari bilan muzokara o‘tkazgan.

 Uchrashuv doirasida AQSH prezidenti Jo Bayden 2030 yilgacha sotilayotgan yo‘lovchi transport vositalarining yarmi elektromobillar bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha farmonni imzolagan.

Mazkur uchrashuvning eng qiziq tomoni, unga Tesla kompaniyasi rahbarining taklif etilmagani, deyilmoqda xabarda.

Chunki, Business Insider nashrining ma’lumotiga ko‘ra, AQSHda so‘nggi uch yilda  sotilgan jami elektromobilning 74 foizi aynan Tesla kompaniyasi hissasiga to‘g‘ri keladi.  

Tesla kompaniyasining rahbari Ilon Mask AQSH prezidenti Jo Bayden uni Oq uyda elektromobillarga bag‘ishlab o‘tkazgan uchrashuvga chaqirmagani juda g‘alati, degan.

"Ha, Teslani taklif etmagani menga g‘alati tuyuldi", - deb yozdi Mask Twitter sahifasida.