Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo Bayden: AQSHda defolt bo‘lsa butun dunyo uchun muammo bo‘ladi
12:35 / 2023-05-11

AQSHda defolt bo‘lishi butun dunyo uchun qiyinchiliklar tug‘diradi, dedi mamlakat prezidenti Jo Bayden Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan tadbirda.

“Agar bizda qarzlarimiz bo‘yicha defolt yuz bersa, butun dunyoda muammo kelib chiqadi”, – degan u.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, hozirgi inqirozga respublikachilar aybdor, chunki AQSH o‘zining qarzlarini to‘lay olmaydi. Uning aytishicha, agar defolt yuz bersa mamlakat iqtisodiyoti retsessiyaga tushib qoladi, Vashingtonning xalqaro obro‘siga katta zarar yetadi. 

Bundan avvalroq AQSH moliya vaziri Janet Yellen davlat qarzlari hal qilinmasa, hukumat katta ehtimol bilan iyun oyiga borib o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolishi mumkin, deb ogohlantirgan edi.