English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxning turizm salohiyati namoyish etilmoqda
10:12 / 2025-05-22

“Xitoyda O‘zbekiston turizm yili” doirasida bo‘lib o‘tayotgan Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahridagi “Road shou”da viloyatimizning boy sayyohlik salohiyati, tarixiy va madaniy yodgorliklari, milliy an’analari hamda urf-odatlari keng namoyish etilmoqda.

Shu o‘rinda ushbu “Road shou”da Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham faol ishtirok etayotganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Tadbir ishtirokchilari viloyat hokimi o‘rinbosari Sardor Shukurullayevning Jizzax viloyati turizmining salohiyati bo‘yicha taqdimotini zo‘r olqishlar bilan qarshi olishdi.  

“Road shou” doirasida Xitoydan Jizzax viloyatiga sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston va Xitoy mamlakatlari hududlaridagi yetakchi turizm biznesi vakillari o‘rtasida sessiyalar va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.  

“Road shou”dagi ushbu uchrashuvlar natijasida Jizzax viloyati va Xitoy o‘rtasida bir qator kelishuvlarga erishildi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri