Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxning eng iqtidorli “Kamalak” yulduzchalari
14:52 / 2021-06-28

“Kamalak” yulduzlari” bolalar festivalining Jizzax viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

Prezidentimizning 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 169-bandida 2021 yildan boshlab iqtidorli bolalarni aniqlash, ularning iste’dodini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratish va qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish maqsadida “Kamalak” yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivalini tashkil etish vazifasi belgilangan.  

Mazkur topshiriq ijrosi doirasida 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va rag‘batlantirish maqsadida “Kamalak” yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivali o‘tkazilmoqda.  

Festivalning Jizzax viloyati bosqichida viloyatning tuman va shaharlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 250 nafar bola ishtirok etdi. Katta bayramga aylangan tadbirda ishtirokchilar o‘z iqtidor va iste’dodini namoyon qildi. Festival 6 ta yo‘nalish va 6 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi.

— Yurtimizda o‘g‘il-qizlarning zamonaviy ta’lim olishi, iqtidorini namoyon etishiga alohida e’tibor qaratilmoqda, — deydi Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi raisi Shohida Damanova. — Xususan, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ijrosi doirasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar bolalar va yoshlarimizni yangidan-yangi g‘oyalar sari ilhomlantirmoqda. “Kamalak” yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivali ham iqtidorli bolalarni aniqlash, ularning iste’dodlarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda. Qolaversa, ushbu festival milliy san’at an’analari va yo‘nalishlarini saqlab qolish, rivojlantirish va davom ettirishda, ularni yosh avlod o‘rtasida keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Festivalning viloyat bosqichida ishtirok etgan har bir o‘g‘il-qiz o‘zining iqtidori, qiziqish va intilishi bilan ajralib turdi.  

Festival ishtirokchilari har bir yo‘nalish va nominatsiya bo‘yicha o‘z bilim ko‘nikmasini namoyish qildi. Yakunda munosib topilgan 18 nafar bolalar festivalning mamlakat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.  

 

Muhtarama Komilova, O‘zA