Jizzaxliklar Yangi yilni yangi kayfiyatda qarshi olmoqda
Jizzax shahar markazidagi Mustaqillik maydonida 37 metrlik Yangi yil archasi qad rostladi. Bu esa archa atrofiga yig‘ilgan kattayu kichik yoshdagi jizzaxliklarning ko‘ngliga zavq ulashmoqda.
Shuningdek, ko‘chalar bayramona bezatilib, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida savdo yarmarkalari tashkillashtirilgan. Bayram kayfiyatini yanada ko‘tarish maqsadida ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilmoqda.
Ayni kunlarda shahar va tuman markazlarida ham bu kabi bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tyapti.
Jamshid YORBEKOV (video), O‘zA.