Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxlik yoshlar ham "Prezident olimpiadasi" da qatnashishadi
17:45 / 2025-11-24

Joriy yilning 24 noyabridan 4 dekabriga qadar Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining hal qiluvchi qismi — “Prezident Olimpiadasi” final bosqichi o‘tkaziladi.

Bu nufuzli bellashuv salohiyati yuksak, irodasi mustahkam yoshlarni kashf etish, ularning iqtidori va mahoratlarini yanada ravshan namoyon qilish imkonini beradi.

Quyi bosqichlardan munosib o‘tgan, o‘ziga xos mahorat va matonatini namoyon etgan Jizzax viloyati sportchilari ham mazkur finalga yo‘l olishga muvaffaq bo‘ldilar. Ular har bir bellashuvda viloyat sharafini munosib himoya qilish, iqtidorlarini amalda isbotlash yo‘lida qat’iyat bilan tayyorgarlik ko‘rishdi.

Kuni kecha Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportchilarni tantanali kuzatish marosimi o‘tkazildi. Unda Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etib, yosh sportchilarga respublika bellashuvida munosib ishtirok etishlari yo‘lida omad tiladi.

Tantanali kuzatuv tadbirida viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, murabbiylar, sportchilar va ularning ota‐onalar ishtirok etishdi.  

Tadbirda jam bo‘lganlar ham yosh sportchilarga yangi bosqichda omad va zafarlar tilashdi. Bu marosim nafaqat qo‘llab-quvvatlash, balki ular zimmasidagi mas’uliyat va ishonchni yanada mustahkamlashi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari