Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxlik yo‘ldan adashgan fuqaro qo‘lga olindi
10:03 / 2022-05-15

Jizzax viloyatida yashovchi diniy ekstremistik oqim tarafdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

1995 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan Sotqinqul Aldamqulov (ismi-sharifi o‘zgartirildi) ma’lum vaqt davomida diniy akidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni uyali telefoni orqali muntazam ravishda tarqatib kelgan.

Sotqinqul o‘zining uyali telefonidagi instagram ijtimoiy tarmog‘i va telegram messenjerida akkaunt yaratib, u orqali tarqatib kelgan ekstremistik ruhdagi materiallar xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan – Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning akidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan.

Viloyat DXX va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sotqinqul Aldamqulov qo‘lga olinib, uning mobil telefoni protsessual tartibda rasmiylashtirildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertiza xulosasiga ko‘ra, uning telefon apparati xotirasida saqlangan materiallar to‘liq aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan.

Hozirda fuqaro Sotqinqul Aldamqulovga nisbatan mutasaddi idora xodimlari tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.Qayumov, O‘zA