Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxlik maktab o‘quvchilariga kitoblar topshirildi
18:00 / 2023-09-06

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovning tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari uchun 40 ming nusxada “Qizil kitob” chop ettirildi.

Jizzax viloyatida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarga ham 2 ming 50 nusxadagi “Qizil kitob” topshirildi. Yurtimizda ayni vaqtda 8 ta davlat qo‘riqxonasi, 3 ta milliy bog‘, bitta ekomarkaz, bitta biosfera rezervati, 12 ta davlat buyurtma xonasi, 5 ta tabiat yodgorligi hududlari mavjud bo‘lib, bu joylar milliy hamda xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan, yo‘qolish ehtimoli bo‘lgan nabotot va hayvonot turlari davlat muhofazasiga olingan. Ana shu noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi ro‘yxati shakllantirilgan “Qizil kitob”lar respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablariga tarqatilishi rejalashtirilgan.  

Bugunga qadar, jizzaxlik o‘quvchilardan tashqari, qashqadaryolik maktab o‘quvchilari 4 ming, xorazmliklar 2 ming, navoiyliklar 1 ming 400 va sirdaryolik o‘quvchi yoshlar esa 1 ming 250 dona “Qizil kitob”ni o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyat o‘quvchilari ham “Qizil kitob”lar bilan ta’minlanishi nazarda tutilgan.  

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad  yosh avlodda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni o‘rgatishdir.  

A.Qayumov, O‘zA muxbiri