Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxlik “Kelajak liderlari” uchun seminar-trening tashkil etildi
14:40 / 2021-09-28

Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat filiali, viloyat hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida “Kelajak liderlari” klubi a’zolari uchun psixologik seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 13 iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida hududlarda iqtidorli yoshlar orasidan yangi avlod zaxira kadrlari shakllantirilib, Jizzaxda ham viloyat hokimining qaroriga asosan “Kelajak liderlari” klubi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

“Kelajak liderlari” klub a’zolari uchun Davlat hizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat filiali binosida agentlikning psixologik baholash va ijtimoiy tadqiqotlar metodologiyasi boshqarmasi boshlig‘i J.Mahmudov ishtirokida interaktiv seminar-trening tashkil etildi. Unda klub a’zolarining liderlik mahoratini oshirish, kelgusi faoliyatlaridagi munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida ko‘nikmalar shakllantirildi.

– Jamiyatimizda salohiyatli yoshlarni davlat boshqaruv tizimiga tayyorlash, ularda jamoa bilan ishlash malakasini mustahkamlash, har qanday sharoitda ham to‘g‘ri qaror qabul qilish borasidagi bilimlarni oshirishda bugungi kabi psixologik seminar-treninglar juda muhim rol o‘ynaydi, – deydi J.Mahmudov. – Chunki, psixologik treninglar insonni ruhan shakllantirish, ichki dunyosini ochib berish, insonlar bilan aloqa o‘rnatishdagi nozik masalalar, o‘zini-o‘zi boshqarish kabi jihatlarni ochib beradi.  

bugungi kunda davlat boshqaruvida malakali va yetuk kadrlarni tayyorlab borish, boshqaruv sohasida ilk tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Negaki, sohalarni rivojlantirish o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan kadrlarga bog‘liq.

Zaxira kadrlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan “Kelajak liderlari” klubi a’zolari ham bugun jamiyatda o‘z so‘ziga, o‘z dunyoqarashiga ega. Ularni zamonaviy bilimlar va yangi yondashuvlar bilan oziqlantirish lozim.

Mazkur psixologik seminar-trening psixologik yondashuv, mantiqiy savol-javoblar, interaktiv o‘yinlar klub a’zolarini chuqur mulohazaga chorladi.

Raqobatlasha oladigan milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning boshqaruvda rolini oshirib borishda bu kabi tashkil etilayotgan tadbirlar muhib ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA