Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxlik imom xatiblar bilan uchrashuv tashkil etildi
21:35 / 2022-09-16

Jizzaxda viloyat hokimligining tashabbusi bilan hududda faoliyat olib borayotgan imom xatiblar bilan sayyor uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda fuqarolar, ayniqsa yoshlarimizni turli yot va diniy ekstremistik g‘oyalarning ta’siriga tushib qolishining oldini olishda ijtimoiy soha vakillaridan tashqari rasmiy din vakillarining ham alohida ishtiroki borligi, to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslik haqida so‘z bordi.

Yoshlar tarbiyasida e’tibor qilinadigan jihatlar, ularning intiluvchan va namunali xulq egasi, boqimandalik kayfiyatidan holi, haqiqiy vatanparvar, yurtparvar va xalqparvar bo‘lib kamol topishida imom xatiblar targ‘ibotlarining ham o‘z o‘rni bor.

Uchrashuvda masjiddagi ehson qutilariga tushayotgan pul mablag‘lari hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tushumlarini talon-toroj qilinishining oldini olish haqida so‘z bordi. Bu yo‘nalishda tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini yanada faollashtirish va nazorat qilish kerakligi qayd etildi.

Tadbir davomida o‘z faoliyatida namuna ko‘rsatgan, aholi bilan ishlashda faol bo‘lgan bir qator imom xatiblar rag‘batlantirildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA