Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxlik bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichi ortmoqda
11:25 / 2022-10-09

Joriy o‘quv yilida Jizzax viloyatidagi umumta’lim maktablarini bitirgan o‘quvchi-yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi bo‘yicha ko‘rsatkichlari o‘tgan yillardagiga nisbatan yuqori 6 ming 230 nafarni tashkil etdi va bu ko‘rsatgich shu yilning o‘zida yanada oshishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan mamlakatimizdagi bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari tahlillari e’lon qilindi. 

Unga ko‘ra, viloyat xalq ta’limi tasarrufidagi 537 ta bitiruvchilari mavjud bo‘lgan umumta’lim maktablarini 2021 yilda tamomlagan 18 ming 878 nafar  bitiruvchidan 4 ming 33  nafari yoki boshqacha aytganda 21,4 foizi Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijasida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasa(OTM)lariga talabalikka tavsiya etilgan.

Qolgan 2 ming 244 nafari yoki 11,9 foiz bitiruvchilarning nufuzli xorijiy davlatlardagi OTMlarga, O‘zbekistondagi xorijiy hamda nodavlat oliygohlarga turli soha yo‘nalishlarida talabalikka qabul qilingan. Natijalarga ko‘ra,  2021 yilda jami  6 ming 277 nafar yoki 33,3 foiz bitiruvchilar  oliy ta’lim muassasalariga qamrab olingan.

So‘ngi yillarda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar natijasida bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari oshib borayotgani kuzatilmoqda.

Bu borada xorijiy oliy o‘quv yurtlariga talabalikka tavsiya qilinganlar borasida ham natijalar yaxshilanib borayotganini alohida ta’kidlash joiz. Jumladan, xorijdagi nufuzli oliygohlar va mamlakatimizdagi xorijiy OTMlar hamda Jizzax shahridagi “Sambhram”, Qozon Federal universitetlariga qabul 2019 yilga nisbatan ikki barobarga oshadi.    

Tahlillarga ko‘ra 2019 yilda 1 ming 89 nafar (yoki jami bitiruvchilarning 8,9 foizi), 2020 yilda  3 ming 80 nafar (15,6 foiz)  va 2021 yilda 6 ming 277 nafar (33,3 foiz)  oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan bo‘lsa, 2022 yilda 6 ming 230 nafar yoki boshqacha aytganda 37,7 foiz bitiruvchilar qabul qilingan. 

Ushbu ko‘rsatgich yanayam yaxshilanishi shubhasiz, chunki Jizzax shahridagi “Sambhram” va Qozon Federal universitetlariga hamda mamlakatimizdagi boshqa xorijiy oliy ta’lim muassasalariga qabulning yakuniy natijalari joriy yilning noyabr oyida e’lon qilinadi. Ularni hisobga oladigan bo‘lsak, joriy o‘quv yilida talabalikka qabul qilinganlar  2019 yilga nisbatan kamida olti barobarga oshishi kutilmoqda.


A.Qayumov, O‘zA