Joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida O‘zbekistondan 19 ta xorijiy davlatga qiymati 6 million AQSH dollariga teng bo‘lgan, qariyb 7 ming tonna qalampir mahsuloti eksport qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qalampir eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 ming 900 tonnaga kamaygan.
O‘tgan 8 oy davomida O‘zbekistondan eng ko‘p – Qozog‘istonga 4 ming 400 tonna, Qirg‘iziston Respublikasiga 866 tonna, Rossiya Federatsiyasiga 599 tonna, AQSHga salkam 220 tonna, Germaniyaga – 161 tonna va boshqa xorijiy davlatlarga jami 7 ming tonna qalampir mahsuloti eksport qilgan.
Jizzax viloyati dehqonlari o‘tgan vaqt davomida 777 tonna qalampir mahsulotini xorijiy davlatlarga eksport qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Viloyatlar kesimida esa xorijga eng ko‘p Surxondaryo viloyati dehqonlari – 1 ming 700 tonna hamda farg‘onalik mirishkorlar – 1 ming 200 tonna qalampir mahsulotini eksport qilgan.
A.Qayumov, O‘zA