Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxdagi fotoelektr stansiyasi va quyosh panellari holati o‘rganildi
17:15 / 2025-06-14

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi hamda Tibbiy ijtimoiy masalalar bilan ishlash va quyosh panellari o‘rnatilishini muvofiqlashtirish bo‘limi vakillari Jizzax viloyatida bo‘lib, vohadagi fotoelektr stansiyasi qurilishi loyihasi hamda quyosh panellarini o‘rnatish holatlarini yaqindan o‘rgandi.

Bojxona qo‘mitasi raisi maslahatchisi M.Saliyev hamda Tibbiy ijtimoiy masalalar bilan ishlash va quyosh panellari o‘rnatilishini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Safarboyevlar dastlab Forish tumanidagi 500 MVt quvvatiga teng bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, loyiha ijrochilarining  mavjud muammo va takliflarini tinglashdi.

So‘ngra, mas’ullar Jizzax shahridagi ishlab chiqarish korxonalariga o‘rnatilgan jami 1 MVt va 350 kVtga teng bo‘lgan quyosh panellari holatini ham o‘rganishdi.

Shuningdek, Paxtakor tumanidagi fuqaro D. Bahromovning xonadoniga o‘rnatilgan 200 kVt quyosh panellari holati ham o‘rganildi.

Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlarni yanada jadallashtirish orqali aholi uylariga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish yuzasidan  taklif va ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, respublika poytaxtidan kelgan mas’ullar Zarbdor tumani “Shodlik” MFY hududidagi 330 o‘rinli yangi maktab binosi qurilish jarayonini ham ko‘zdan kechirishib, mutasaddilarga tegishli o‘z ko‘rsatma va takliflarini berishdi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari