English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda yugurish musobaqasi
09:51 / 2025-04-06

Jizzax viloyati markazida professional sportchilar, o‘quvchi va talaba-yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirokida ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur tadbir doirasida yashil iqtisodiyot va ekologik barqarorlik g‘oyalariga ham alohida e’tibor qaratilganini ta’kidlab o‘tish lozim.

Ushbu musobaqada 2500 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Professional sportchilar, ekologiya mutaxassislari, talabalar, jamoat faollari hamda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchi fuqarolar ham ishtirok etdi.  

Musobaqa nafaqat yugurish, balki aholining ekologik savodxonligini oshirishga ham xizmat qildi. Tadbir davomida ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha turli ma’ruzalar, ekologik treninglar ham tashkil etildi.  

Tadbir tashkilotchilari musobaqaning ijtimoiy va ekologik ahamiyatini alohida ta’kidlab, bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom ettirilishini ma’lum qildi.  

«Eco-Save Aral-2025 va Inson uchun» mavzusidagi musobaqa ekologik muammolarga e’tiborni kuchaytirish va jamoatchilikni befarq bo‘lmaslikka chaqirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Har bir kishi atrof-muhitni asrashda o‘z hissasini qo‘shishi mumkin va bu kabi tashabbuslar insonlar ongini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Ommaviy yugurish musobaqasining faol  ishtirokchilariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.  

A.Qayumov, O‘zA muxbiri