Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda yoshlarning “Mehrli yurak” xayriya loyihasi boshlandi
11:23 / 2020-12-25

Yangi yil bayrami arafasida Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi”da Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan “Yoshlar archasi” bayram tabdiri tashkil etildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi Yangi yil bayrami oldidan ehtiyojmand oilalardagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi maqsad va rejalarga ruhlantirish maqsadida “Mehrli yurak” xayriya loyihasini amalga oshirmoqda. Ehtiyojmand oilalarning farzandlari ishtirokida o‘tkazilgan  “Yoshlar archasi” bayram dasturi ham ushbu loyiha doirasidagi tadbirlardan biri bo‘ldi.  

Tadbir davomida kam ta’minlangan hamda ijtimoiy himoyaga muxtoj oila farzandlaridan 100 nafariga qishki kiyimlar hamda bayram sovg‘alari topshirildi. Bayram tadbirida tashkil etilgan konsert dasturi bolalarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

– "Mehrli yurak" xayriya loyihasini amalga oshirishga qariyb bir oy oldin kirishgan edik, – deydi Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Shohida Damanova. – Hududdagi ta’lim muassasalariga chiqib, o‘quvchilarning darsda qatnashish jarayoni bilan tanishganimizda issiq kiyimlari yo‘qligi sababli maktabga bora olmayotgan o‘quvchilar aniqlangan edi. Mana shu sabab bu hayriya loyihasini tashkil etishga bel bog‘ladik. Viloyatdagi ko‘plab tashkilot va sektor rahbarlari, tadbirkor va saxovatpesha insonlar ko‘magi bilan bugun ko‘plab oilalarga ko‘magimiz tegdi.  

Yoshlar loyihasida Yangi yilgacha barcha tumanlarda bayram tadbirlari tashkil etib, 1000 nafar o‘quvchiga issiq kiyimlar sovg‘a qilish rejalashtirilgan.

T. BEKNAZAROV, O‘zA