Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda yoshlar festivali yigit-qizlarni birlashtirdi
15:52 / 2021-06-08

Jizzax viloyatida "O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida uch kun davom etgan yoshlar festivali doirasida turli madaniy-ma’rifiy ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov yoshlar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.  

Unda yigirmadan ortiq yoshning murojaatlari va takliflari tinglandi, g‘oyalarni rivojlantirish bo‘yicha yo‘nalishlar berildi, loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelgan muammolar hal qilindi. Yoshlarning takliflarini amaliyotga tatbiq yetish bo‘yicha mas’ul shaxslarga topshiriqlar berildi.

“O‘rda” ekologik bog‘ida 50 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etgan festivalning har bir kuni taassurotlarga boy bo‘ldi.  

Festival davomida hunarmandchilik ko‘rgazmalari, turli sport musobaqalari, "Iste’dod" loyihasi, turli millat vakillarining namoyishlari, rahbar va yoshlar uchrashuvlari, "Zakovat" intellektual o‘yini, "street workout" musobaqasi, ijodkorlar bilan uchrashuvlar, ijodiy namoyishlar, dronlar shousi o‘tkazildi.  

Festival gala konsert bilan ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi.  

 

T.Beknazarov, O‘zA