Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda yo‘lovchi 8 grammdan ortiq marixuana olib yurgani aniqlandi
17:36 / 2021-07-18

Respublika Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi Jizzax viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda Paxtakor tuman IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzarning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo‘yildi.

Giyohvand moddalarni yetishtirish, saqlash, o‘zi bilan yonida olib yurish va sotish mamlakatimizda qonun yo‘li bilan taqiqlangan. Ushbu noqonuniy ish bilan shug‘ullangan har qanday fuqaro, millati, irqi, dini, e’tiqodi, egallab turgan mansabidan qat’iy nazar jinoiy javobgarlikka tortilishi shubhasiz.  

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Qangli” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 31 yoshli Adashgan Adashov (ismi-sharifi o‘zgartirildi) yonida giyovand modda saqlab yurishi orqali amaldagi qonun talablarini buzdi.

Avvaldan olingan tezkor xabar asosida Jizzax – Gagarin yo‘nalishida harakatlanayotgan, “Nexia” rusumli avtomashina Paxtakor tumani yo‘l patrul xizmati maskanida Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi Jizzax viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda Paxtakor tuman IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan to‘xtatiladi.  

Tezkor tadbir guruhi ishtirokchilari ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro Adashgan Adashov xolislar ishtirokida shaxsiy tintuvdan o‘tkazilganida, uning yonidan bir dona oq rangli polietilen paketda, o‘tkir hidli yashil rangdagi quritib talqon shakliga keltirilgan, vazni 8,08 grammni tashkil etgan marixuana giyohvand o‘simligi borligi aniqlandi. Ushbu giyovand modda huquq-tartibot xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib fuqaro Adashgan Adashovdan olib qo‘yildi.  

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Paxtakor tumani ichki ishlar bo‘limi tergov guruhi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.  

Endi Adashgan Adashov qonunbuzarligi uchun qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi.

A.Qayumov, O‘zA